
O‘zbekiston Superligasi. 20 va 21-tur boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi (foto)
O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati Superliganing 20 hamda 21-tur boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 20-tur bahslari 5 kun ichida bo‘lib o‘tadi. Markaziy o‘yin sifatidagi "Paxtakor" - "Nasaf" qarama-qarshiligi 2 oktyabr soat 18:30 da boshlanadi.
21-tur o‘yinlari esa 3 kunda bo‘lib o‘tadi. Markaziy to‘qnashuv deya qaralayotgan "Nasaf" - "So‘g‘diyona" bellashuvi 9 oktyabr kuni 19:00 da start oladi.
Marhamat, quyida qolgan o‘yinlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Fikrlar