
O‘zbekiston OTJ nazorat bahsida "Bunyodkor"ni engdi
Xabaringiz bor bugun Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Bunyodkor” bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.
“Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonda o‘tkazilgan o‘yinda olimpiyachilarimiz “qaldirg‘ochlar” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi yagona golga Mirjahon Mirahmadov mualliflik qildi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘ZBEKISTON OTJ - "BUNYoDKOR" - 1:0
14 mart. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
Gol: Mirjahon Mirahmadov, 44 - 1:0.
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz 22-26 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bahslarida Tojikiston va Hindistonga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar