O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Belarusga yo‘l oladi

  • 17 yanvar, 2020, 00:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Tecno

Azamat Abduraimov jamoasi bugun, 17 yanvar kuni ertalab “Lokomotiv-2003”ga qarshi o‘yin bilan Toshkentdagi yig‘inni yakunlaydi va Belarusga xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yo‘l oladi. 19-25 yanvar kunlari oralig‘ida Belarus poytaxti Minsk shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa o‘tkaziladi.

Unda Islandiya, Isroil, Gruziya, Tojikiston, Belarus, Belgiya, Finlandiya hamda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Musobaqada qatnashadigan futbolchilar ro‘yxati:

Ism-familiya Tug‘ilgan sanasi Ampulasi Klubi
1. Asror Kenjaev 2004 Darvozabon Spartak
2. Otabek Boymurodov 2003 Darvozabon Paxtakor
3. Vazgen Pogosyan 2004 Himoyachi Paxtakor
4 Abdulloh Omonaliev 2005 Himoyachi Spartak
5. Mirkamol Abdurazzoqov 2004 Himoyachi Paxtakor
6. Kirill Todorov 2004 Himoyachi Paxtakor
7. Tohir To‘xtasinov 2004 Himoyachi Bunyodkor
8 Sunnat Poyonov 2005 Himoyachi Paxtakor
9. Abduqodir Husanov 2004 Yarim himoyachi Bunyodkor
10 Asad Qaxxorjonov 2004 Yarim himoyachi Bunyodkor
11. Diyor Inomov 2004 Yarim himoyachi Spartak
12. Nodir Abdurazzoqov 2004 Yarim himoyachi Chirchiq OZK
13. Muxritdin Pazildinov 2004 Yarim himoyachi Paxtakor
14 Alisher Xayrullaev 2004         Yarim himoyachi Nasaf
15. Sardor Xojiboev 2004 Hujumchi Paxtakor
16. Oblayor Rahmatov 2004 Hujumchi Neftchi
17. Shahzod Akramov 2004 Hujumchi Nasaf
18. Rustam Turdimurodov 2004 Hujumchi Paxtakor

“A” guruhi: Belarus, Finlandiya, Belgiya, O‘zbekiston.

1-tur

19 yanvar

Belarus – O‘zbekiston


2-tur

21 yanvar

Belgiya – O‘zbekiston


3-tur

23 yanvar

O‘zbekiston – Finlandiya


25 yanvar


5-o‘rin uchun o‘yin


3-o‘rin uchun o‘yin


Final

Musobaqaning barcha uchrashuvlari Minskdagi futbol manejida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!