
O‘zbekiston Osiyo kubogi mezbonligi uchun nomzodlar qatoriga kiritildi!
Yurtimizda "Osiyo kubogi-2027" musobaqasi o‘tkazilishi mumkin. Sababi O‘zbekiston chempionatni o‘tkazishga da’vogarlar qatoriga kiritildi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar berildi.
Bugun qit’a miqyosidagi nufusli turnirni qabul qilish uchun 5 ta nomzod davlat ro‘yxati e’lon qilindi. Bular: Hindiston, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14-31 oktyabr kunlari mamlakatimiz yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Fikrlar