
O‘zbekiston kubogi. "Xorazm" safarda yirik g‘alabani tantana qildi
O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Namangan Futbol Akademiyasi" - "Xorazm" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar safida gollarga Nurmatov (dubl), Ibrohimov va Diamoutene mualliflik qildi. 76-daqiqada Tursunboev namanganliklarning yagona golini kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng Xorazm klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi. "Namangan FA" hisobida esa ochko mavjud emas va klub so‘nggi pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar