O‘zbekiston kubogi. "So‘g‘diyona" - "Navbahor": Ivanovich yana "lochinlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi

  • 7 avgust, 2024, 20:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring. 

Tecno

  • O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
  • Chorak final

So'g'diyona

  • Zoran Petrović 55'
  • Ljupche Doriev 113'
Tugadi
2 : 3

07.08.2024 20:00

Navbahor

  • Giorgi Nikabadze 69'
  • Jovan Đokić 104'
  • Filip Ivanović 113'

130. Uchrashuv yakunlandi. "Navbahor" yarim finalga chiqdi. Jamoalarga rahmat. 

129. Farrux Sayfiev maydondan chetlatildi. 

124. Azimjon Ahmedovga darhol qizil kartochka ko‘rsatgan uchrashuv bosh hakami Asker Najafaliev o‘sha vaziyat bo‘yicha VARni ko‘rdi va sariq kartochkaga almashtirdi

120. Azimjon Axmedov Yovovichga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi

115. Farrux Sayfiev ham sariq kartochka bilan jazolandi

115. Uchrashuv yakuniga qadar yana 5 daqiqa bor

113. Jamshid Iskandrovning burchakdan oshirgan to‘pni Filip Ivanovich darvozaga aniq yo‘llab, "lochinlar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi - 2:3.

109. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!!! Dorievvvvvvvvvv hisobni tenglashtirdi. 

107. "Navbahor"tarkibida navbatdagi o‘zgarish. Asad Jo‘raboev o‘rniga Azimjon Ahmedov maydonga tushdi.

106. Zoran Petrovich o‘rniga Sardorbek Xoshimov tushirildi 

105. GOOOOOOLLLLL!!! Iskanderovning super pasidan so‘ng Dokich "lochinlar"ni hisobda oldinga olib chiqmoqda.

100.  Samandar Sindarov ogohlantirildi

99. "So‘g‘diyona" raqib jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalana olmadi. 

96. Penalti yo‘q. Hakam etarli emas deb hisobladi

95. VAR "So‘g‘diyona" darvozasiga ehtimoliy penaltini ko‘rib chiqmoqda. Najafaliev tinglayapti

91.  Jamshid Boltaboevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘sini tepsaian o‘tib ketdi.

90. Ekstra-bo‘limlarning birinchi taymi boshlandi. 

90+6. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Ekstra-taymlarga murojat etiladi.

90. Bellashuvning ikkinchi bo‘limiga 5 daqiqa qo‘shib berildi.

85. Asker Najafaliev penaltini bekor qildi. Uchrashuv davom etadi

84. PENALЬTI!!!! "Navbahor" darvozasiga 11 metrli jarima belgilandi. 

77. "So‘g‘diyona" tarkibida navbatdagi o‘zgarish: Stanislav Andreev o‘rniga Suhrob Izzatov maydonga tushdi.

75. "Navbahor" safida majburiy o‘zgarish: Jarohat olgan  Sardor Rashidov o‘rniga Asad Jo‘raboev maydonga tushdi.

71.  Jamshid Boltaboev sariq kartochka bilan ogohlantirildi

69. GOOOLLL. Hisob tenglashdi. "Navbvhor" hujumida jarima maydonchasi ichiga qanotdan etkazib berilgan to‘pni Nikabadze boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi - 1:1.

67. Super seyv!!! Muhammadyusuf Sobirov "So‘g‘diyona"ni muqarrar goldan asrab qoldi

59.  "Navbahor" tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi. Siyavash Haqnazari, Saidazamat Mirsaidov va Abrorbek Ismoilovlar o‘rniga Komil Tojiddinov, Ruslanbek Jiyanov hamda Giorgi Nikabadzelar maydonga tushishdi.

55. GOOOOOOOOOL. Sindarovning aqlli uzatmasidan so‘ng Petkovich uchrashuvda hisob ochmoqda

49. Sardor Rashidovning pushkasi noaniq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalar yuqori tempda boshlandi

46. Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Mehmonlar to‘pni o‘yingi kiritib berdi va "bo‘rilar" safida o‘zgarish: Milan Mitrovich o‘rniga Muhammadyusuf Sobirov, Sardor Qulmatov o‘rniga Samandar Sindarov tushirildi

45+3. Asker Najafaliev birinchi taym yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45. Birinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.  

44. Sardor Rashidovning 30 metrlar chvmasi uzoqlikdan amalga oshirgan jarima zarbasidan so‘ng, to‘pni "So‘g‘diyona" posboni Milan Mitrovich ushlab oldi.

43. "Bolta-chopqi" boshlandi. Uchrashuvda temp ancha oshdi. 

39. Sardor Qulmatov ogohlantirildi. 

 37. Jamshid Iskanderovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi.

34.  Stanislav Andreev o‘ng qanotdan ajoyib kirib borib darvozaga zarba berdi. To‘p darvozabon qo‘liga borib tushdi

30. "So‘g‘diyona"ning navbatdagi hujumidan so‘ng, to‘pni Sanjar Quvvatov ushlab oldi

29.  Abrorbek Ismoilovning o‘ng qanotdan darvozaga yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi.

25. Uchrashuv davom etadi. 

23. "Lochinlar"ning navbatdagi burchak zarbasi ham samarasiz bo‘ldi. Asker Najafaliev jamoalarga suv ichib olishlari uchun vaqt berdi. WATERBREAK

19. "Navbahor" futbolchisi Abrorbek Ismoilovning o‘ng qanotdan darvozaga yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi.

14. Dastlabki 10 daqiqalik juda yuqori tempda o‘tgan edi, endi esa to‘p ko‘proq maydon markazida kechmoqda

11. Abrorbek Ismoilovning zarbasidan so‘ng, to‘pni mezbonlar darvozaboni Milan Mitrovich qaytarib, maydon tashqarsiga chiqarib yubordi."Lochinlar" burchak to‘piga ega bo‘lishdi

9. Endi "bo‘rilar" foydasiga jarima zarbasi. Ctanislav Andreevning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo‘llagan jarima zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Hozircha vaziyatlar borasida tenglik! 

6. Abror Ismoilov qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi. Futbolchi raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib, birga-bir vaziyatga chiqdi. Biroq vaziyatdan foydalana olmadi

4. VUUUUXXX. Odil Hamrobekov ilk daqiqalardan sariq kartochka bilan jazolalandi. VAR ehtimoliy qizil kartochkani ko‘rib chiqdi. Yo‘q, sariq qoldi.

1. Bellashuvga start berildi. O‘yinni mezbonlar boshlab berishdi. 

1. O‘yindan oldingi tanga tashlash, darvozalarni aniqlash, ramz almashtirish, esdalik uchun fotosuratga tushish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

1. Ikki jamoa a’zolari bugungi uchrashuv hakamlari boshchiligida, O‘zPFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!