
O‘zbekiston kubogi. OKMK Buxoroda yirik hisobda zafar quchdi, Ruben Sanchesdan xet-trik
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"A" guruhi ishtirokchisi OKMK bugun "G‘ijduvon"ga qarshi maydonga tushdi. "Buxoro" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar 5:0 hisobida zafar quchdi.
"Konchilar"ning ispaniyalik hujumchisi Ruben Sanches xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Sanjar Tursunov hamda Anzur Ismoilov bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar