O‘zbekiston kubogi finalidagi penalti masalasida O‘ZFHM xulosasi bilan tanishing

  • 12 noyabr, 2023, 20:52
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval yakuniga etgan “Nasaf” – OKMK jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi final bahsining 70-daqiqasida olmaliqliklar jarima maydonchasi ichida OKMK a’zosi Akramjon Komilov to‘p uchun kurashda yiqilgach, dastlab uning qo‘li to‘pga tegdi, so‘ngra o‘ng oyog‘i bilan qo‘shimcha harakat amalga oshirib, raqib futbolchisi Azizbek Amonovga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan. Shundan so‘ng, uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor yoniga bordi va takrorlarni ko‘rib chiqqach, 11 metrlik nuqtaga ishora qildi.

Tecno

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasida ko‘rib chiqildi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda futbolchining notabiiy holatdagi qo‘li dastlab to‘pga tekkan, shundan so‘ng uning oyoqda amalga oshirgan qo‘shimcha harakati tufayli raqib ham yiqilib tushgan. Jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bu qoidabuzarliklarga asoslangan holda, bu vaziyatda penalti to‘g‘ri belgilangani qayd etildi. Ekspertlar hakamning qarorini to‘g‘ri deb topishdi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mn
16/11/2023 12:17
Пенати юз фоиз нотугри куйилган чунки пенатидан олдин койда бузилиш булган агар хакамлар кумитаси пенатини нутугри деганда жудда катта муаммолар келиб чикарди яхшиям нонугри демади агар деганда насафни пахтакорни навбахорни нефчини куп уйинларини бекор килишгача бориларди хакамлар кумитасига рахмат шу нарсани олдини олиб мухлисларни сал тинчлантирди
&
Мурад Умаров
13/11/2023 08:22
Ва нихоят НАСАФ учун тугри карор чикаради Асимов.утган йили Анзурди кулига юз фоиз текган Эди вар куриб хам бермаганди
&
Uzbek ligion
13/11/2023 08:09
Gol 100% bor. Qulga tekkan va oyoq bilan yiqitgan. U nasafdan jabr kurib yurgan komandalarning ichi qora muxlislari silarga sabr