
O‘zbekiston kubogi. Bugungi o‘yinlarda qayd etilgan natijalar va uchta guruhdagi yakuniy holat bilan tanishing! (Foto)
Biroz avval O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. Quyida qayd etilgan barcha natijalar va guruhdagi holatlar bilan batafsil tanishib chiqish imkoniga egasiz!
"B" guruhida "Aral" yaqqol peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi. "Xorazm" esa to‘plar farqining yaxshiroq ekani sabab "Tsementchi"dan 2-o‘rinni tortib oldi.
"G" guruhida "Metallurg" va "Neftchi" qo‘shhokimlik qilayotgan edi va ular muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilishgandi. Oxirgi turda ikki jamoa murosa ko‘chasini tanladi va "Metallurg" to‘plar farqi yaxshiligi bois 1-o‘rin egasiga aylandi.
"I" guruhida kutilmaganda "So‘g‘diyona" 100 foizlik natija qayd etdi. 4 ochko jamg‘argan "Paxtakor" esa 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Fikrlar