O‘zbekiston kubogi. Bugun final, "Nasaf" OKMK bilan g‘oliblik uchun kurashga kirishadi (foto)

  • 12 noyabr, 2023, 10:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston kubogida hal qiluvchi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Nasaf" va OKMK o‘rtasidagi uchrashuvga Qarshidagi "Markaziy" o‘yingohi mezbonlik qiladi. 

Tecno

Bellashuv 17:00 da start oladi. Finalni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Shuningdek, telegramdagi "SPORTS.uz LIVE" kanali orqali o‘yin translyatsiyasini kuzatib borish imkoniga egasiz.

Ma’lumot o‘rnida, "Nasaf" yarim finalda "Dinamo" ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olgan. OKMK esa yarim finalda "Navbahor"ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi va hal qiluvchi bosqichga etib keldi. 

final_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!