
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Marokash bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi 11-dan 21-dekabrga qadar Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Xose Venansio Lopez murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz yig‘in davomida amaldagi Afrika chempioni Marokash vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ushbu bahslar 18-20-dekabr kunlari Toshkentdagi "Yunusobod sport majmuasi"da soat 18:00da start oladi. Bellashuvlarga kirish bepul.
Ma’lumot uchun, Marokash futzal terma jamoasi jahon reytingida 8-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar