O‘zbekiston chempionatida oxirgi marta qachon intrigali yakun bo‘lgandi?
Superliganing so‘nggi turigacha ikki kun vaqt qoldi. Intriga o‘zining avj nuqtasiga chiqib ulgurgan. Birdaniga uch klubimizda chempion bo‘lish imkoniyati oxirigacha saqlanib qoldi - "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf".
Oxirgi 10 yillikni oladigan bo‘lsak, bizda bunday intrigali chempionat bo‘lmagandi. "Bunyodkor", "Lokomotiv" yoki "Paxtakor" raqiblaridan sezilarli ravishda ko‘proq ochko to‘plab chempion bo‘lishiga o‘rganib qolgandik. Avval ham so‘nggi turgacha intriga saqlanib qolganmi?
Eng yaqin vaqtni oladigan bo‘lsak, 2013 yil "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" chempionlik uchun kurashgan. "Ajdarlar"da musobaqa g‘olibi bo‘lishga emas, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyati bor edi, lekin jamoa "Olmaliq" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan. "Bunyodkor" va "Loko" esa o‘z raqilarini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Statistik ma’lumotlarni saytimiz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning telegram kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.



Fikrlar