O‘zbekiston gol urgan chempionatdan Maradona, Ronaldino, Messilar etishib chiqqan!

  • 21 may, 2023, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har qanday futbol yulduzi cho‘qqiga yo‘lni bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalardan boshlaydi.

Tecno

Shu ma’noda, Argentina mezbonlik qilayotgan va O‘zbekiston terma jamoasi qatnashayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati ham futbol olamida yangi yulduzlarni kashf qilib berishi shubhasiz.

26a08b1fca863b46cc18a685f7d5bd8f

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun jahon chempionati 1977 yildan beri har ikki yilda bir o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu nufuzli turnir tashkilotchisi FIFA Argentinadagi bu galgi musobaqa oldidan 20 yoshgacha futbolchilar mundialida porlagan va keyinchalik o‘z milliy terma jamoalari bilan jahon chempionligiga erishgan 50 nafar futbol yulduzi nomini e’lon qildi.

Sports.uz portali e’tiboringizni ana shu futbolchilarga qaratadi. Dastlab, musobaqa yo‘lga qo‘yilganidan keyin o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan milliy terma jamoalarda yoshlar mundialidan nechtadan o‘yinchi qatnashganini bilib oling.

2022 yilgi jahon chempioni – Argentina safida 13 futbolchi.

zjodmoafxuzkt2ln7enn

2010 yilgi jahon chempioni – Ispaniya safida 10 futbolchi.

1994 yilgi jahon chempioni – Braziliya safida 6 futbolchi.

2002 yilgi jahon chempioni – Braziliya safida 6 futbolchi.

1986 yilgi jahon chempioni – Argentina safida 5 futbolchi.

2018 yilgi jahon chempioni – Frantsiya safida 5 futbolchi.

1998 yilgi jahon chempioni – Frantsiya safida 2 futbolchi.

1982 yilgi jahon chempioni – Italiya safida 1 futbolchi.

2014 yilgi jahon chempioni – Germaniya safida 1 futbolchi.

1990 yilgi jahon chempioni – Germaniya safida 1 futbolchi.

1978 yilgi jahon chempioni – Argentina va 2006 yilgi jahon chempioni – Italiya milliy terma jamoalariga 20 yoshgacha bo‘lgan mundial ishtirokchilari jalb qilinmagan.

Endi e’tiboringizni 20 yoshgacha mundialda kashf etilib, jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan yulduzlarga qaratamiz.

1982 yil Italiya – Jovanni  Galli (1977 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan).

1986 yili Argentina – Diego Maradona  (1979) Xorxe Burruchaga (1981) Nestor Klausen (1981) Karlos Tapia (1981) Luis Islas (1983).

1990 yil Germaniya – Andreas  Moller (1987).

1994 yili Braziliya – Bebeto (1983), Dunga (1983), Jorjino (1983), Myuller (1985), Taffarel (1985), Leonardo (1989).

1998 yil Frantsiya – Terri Anri (1997), David Trezege (1997).

2002 yil Braziliya – Roberto Karlos (1991), Dida (1993), Denilson (1995), Luizao (1995), Ronaldino (1999), Kaka (2001).

ronaldinho-brazil-2002-1584782289-34424

2010 yili Ispaniya – Iker Kasilyas (1999), Karlos Marchena (1999), Xavi (1999), Andres Inesta (2003), Raul Albiol (2005), Sesk Fabregas (2005), Fernando Lorente (2005), David Silva (2005), Xuan Mata (2007), Jerar Pike (2007).

2014 yil Germaniya – Ron-Robert Ziler (2009).

2018 yil Frantsiya – Antuan Grizmann (2011), Alfons Areola (2013), Pol Pogba (2013), Florian Toven (2013), Samuel Umtiti (2013).

2022 yil Argentina – Lionel Messi (2005), Anxel Di Mariya (2007), Papu Gomes (2007), Emiliano Martines (2011), German Petstsella (2011), Nikolya Talyafiko (2011), Anxel Korrea (2015), Xuan Foyt (2017), Lautaro Martines (2017), Lisandro Martines (2017),  Gonsalo Montel (2017), Eksekel Palasios (2017), Xulian Alvares (2019).

Bu yilgi jahon chempionatini diqqat bilan kuzating. Albatta Argentina maydonlarida o‘ynayotgan yigitlardan orasida jahon futboli yulduzlari bo‘lib etishadigan yigitlar bor.

Shomurodov haqida o‘ylayapmiz...

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Shomurodov va Nzola "Milan"ga qarshi jasorat ko‘rsatishi kerak!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!