
O‘zbekiston - Misr uchrashuvining chiptalari qanchadan sotilmoqda?
Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi misrlik tengqurlari bilan xalqaro o‘rtoqlik bahsi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotilmoqda. Chiptalar narxi atigi 10 ming so‘m va miqdori cheklangan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin viloyatning taniqli xonandalari tomoshabinlarga o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan zavq ulashishadi.
O‘yin soat 20:30da start oladi.
Fikrlar