
O‘zbekiston - Ispaniya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ispanlar safida Pubil hamda Gomes gol urgan bo‘lsa, vakillarimizning yagona goli Shomurodov tomonidan urildi.
Shu tariqa, vakillarimz turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi.
"SofaScore" portali talqiniga ko‘ra, bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Mark Pubil topildi. U 7.9 ballga loyiq ko‘rildi. Undan so‘ng eng yuqori ball to‘plagan o‘yinchi termamiz darvozaboni Abduvohid Ne’matov bo‘ldi. U 7.8 ball to‘pladi.
Fikrlar