
O‘zbekiston - Argentina uchrashuvini boshqarish uchun chetdan FIFA referisi taklif etildi (Foto)
2-3 fevral kunlari futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Argentina bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Dastlabki uchrashuv "O‘zbekiston" sport majmuasida 18:30da boshlanadi.
Ushbu uchrashuvlarni boshqarish uchun qirg‘izistonlik FIFA referisi Nurdin Bukuev taklif etilgan. Bu haqda Qirg‘iziston futbol uyushmasi rasmiy saytida ma’lum qilindi. Nurdin Bukuev qirg‘izistonlik yagona FIFA referisi hisoblanadi.
Fikrlar