
O‘zbekison liga kubogi. "Bunyodkor" "Qizilqum" ustidan irodali g‘alabaga erishdi
TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 20-daqiqada Ariagner Smit hisobni ochdi. Shundan so‘ng ustunlik mezbonlar tarafiga o‘tdi. Birinchi bo‘limda Suhrob Izzatov muvozanatni tiklagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Vladislav Nuriev va Jasur Jaloliddinovlar ham o‘z ismlarini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdilar.
Shu tariqa, "qaldirg‘ochlar" hisobidagi ochkolar soni 3 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Qizilqum" esa ortda qolgan ikki turdan so‘ng birorta ham ochko jamg‘ara olgani yo‘q va 4-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar