
O‘zbek va filippin bokschilarining to‘qnashuvi davom etadi yoxud yana bir hamyurtimiz navbatdagi jangini o‘tkazadi
O‘zbekistonlik yana bir professional bokschi Ravshanbek Shermatov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U ayni vaqtda Vetnamda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Chunki, ushbu charmqo‘lqop ustasi ham Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi.
Shermatov 27 fevral kuni Vetnamda tashkil etiluvchi jang kechasida filippinlik Kris Alfantega qarshi ringga ko‘tariladi.
Hamyurtimiz faoliyati mobaynida 6 ta jang o‘tkazib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Bir marotaba mag‘lubiyatga uchragandi. Raqiblarini ikki bor nokautga uchratgan. Filippin vakili esa, 17 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.
Ravshanbekka ushbu jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar