O‘zbek sportida tarixiy kun yoxud Guljanoy Naimova Parataekvondo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

  • 4 yanvar, 2020, 12:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Kirib kelgan 2020 yil Paralimpiyachilarimiz uchun xushxabar bilan boshlandi. Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WTF) Tokio Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi yakuniy reyting jadvalini e’lon qildi.

Tecno

Quvonorli jihati shundaki, Parataekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Guljanoy Naimova -58 kilogramm vazn toifasida reyting orqali Tokio Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Guljanoy shu tariqa O‘zbekiston Parataekvondo tarixida Palarimpiya o‘yinlariga litsenziya olgan ilk sportchiga aylandi.

Ma’lumot uchun Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga qadar Parataekvondochilarimiz 10-12 aprel kunlari Xitoyning Vusi shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziya beruvchi Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Umid qilamizki Parataekvondo bo‘yicha litsenziyalarimiz yanada ortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!