O‘zbek o‘g‘lonlari Braziliya vakillariga qarshi yoxud aka-uka Ro‘ziboevlar Rossiyada jang qiladi

  • 22 mart, 2022, 22:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

10 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘ziga xos MMA kechasi o‘tkaziladi. "WEF 115 Global 17"-NWPA turniri doirasida yurtimizning mashhur MMA vakillari aka-uka Nursulton hamda Mashrabjon Ro‘ziboev navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Har ikkisining raqibi Braziliya vakillari bo‘ladi.

Tecno

Jumladan, Nursulton Ro‘ziboev (34-8-2) Kleber de Souza Silva (20-13-1) bilan to‘qnash kelsa, Mashrabjon Ro‘ziboev ((14-4-1) esa Charlz Oliveyraga qarshi (UFC ning engil vazn toifasi chempionining nomdoshi) oktagonga ko‘tariladi. 

nursulton_1

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboev so‘ngi jangini 13 fevral kuni Luchiano Kontiniga qarshi o‘tkazib, 1-raundning dastlabki daqiqasidayoq "kimura" uslubi evaziga g‘alaba qozongandi. 

Shu o‘rinda ushbu yurtdoshlarimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

mashrabjon_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!