
O‘zbek kurashi «Osiyo bolalari» («Deti Azii») sport o‘yinlari dasturiga kiritildi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 iyul – 8 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shaxrida o‘smirlar o‘rtasida «Osiyo bolalari» («Deti Azii») VII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobakada dunyoning 15ta mamlakatidan jami 1 650 nafar ishtirokchi 273 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston nomidan esa 174 nafar vatandoshimiz sportning 17 turidan ishtirok etadi.
Musobaqalarda vakillarimizning ishtiroki quyidagicha:
Badminton – 4-7 avgust,
Stol tennisi va basketbol 3x3 – 29 iyul – 1 avgust,
O‘k otish va boks – 2-6 avgust,
Sambo – 3 avgust,
Sport kurashlari va engil atletika – 31 iyul – 2 avgust,
Badiy gimnastika va suzish – 29-31 iyul,
Kamondan otish – 4-6 avgust,
Mas-restling – 4-5 avgust,
Sohil voleyboli – 28 iyul – 3 avgust,
Mini-futbol – 31 iyul – 7 avgust,
O‘zbek kurashi – 6 avgust,
Dyuzdo – 2-4 avgust,
Taekvondo – 30-31 avgust.
Musobakada O‘zbekiston delegatsiyasi sportning faqatgina Xapsagay (Yakutiya milliy kurashi) xamda Breyking (brey-dans) turlarida ishtirok etmaydi. «Osiyo bolalari» VII xalkaro sport o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan musobakalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshooatida, jumladan, yangilangan «Dinamo» stadioni, «Olimpiyskiy» sport majmuasi, «Yunost» sport saroyi va Vladivostok markaziy maydonida o‘tkaziladi. O‘yinlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari esa "Fetisov Arena" kontsert-sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun axamiyatlisi, ushbu nufuzli o‘yinlar dasturiga ilk marotaba milliy sportimiz kurashning kiritilganidir. «Osiyo bolalari» VII xalkaro sport o‘inlarining kurash musobagalarida o‘g‘il bolalar 5 ta, qizlar esa 4 ta vazn toifasida o‘zaro bellashadi.
Fikrlar