O‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan "Qo‘qon-1912" stadionida xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi mumkin

  • 28 iyul, 2022, 17:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qo‘qondagi “markaziy” stadionida “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni jamoa prezidenti Grigoriy Viktorovich Ayrapetov olib bordi. Jamoa rahbari mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik, selektsiya ishlari hamda jamoaning yoshlar jamoalari tarkibiga e’tibor qilish va boshqa bir nechta masalalar yuzasidan olib borilgan ishlar haqida gapirib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni barataraf qilish masalasini ilgari surdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

photo_2022-07-28_16-27-47

- Asosiy hamda o‘rinbosarlar tarkibi o‘rtasida “zanjir” bo‘lishi lozim. Murabbiylar shtabi bosh murabbiy Davron Fayziev ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulotlarni olib borishi hamda iqtidorli yoshlarni asosiy tarkib mashg‘ulotlariga jalb qilib borish lozim. Biz yosh futbolchilarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiramiz. Qo‘qon shahri va atrof tumanlarida juda ham ko‘plab iqtidorli yosh futbolchilar bor. Ularga kerakli sharoitlarni yaratib berib, kelgusi yil uchun selektsiya ishlarini hozirdan boshlashimiz lozim.

Bu yil Qo‘qon shahrida o‘zbek futbolining 110 yillik tantanalari nishonlanadi. Mazkur tadbirga alohida reja aosida tayyorgarlik olib boramiz. O‘FA bilan hamkorlikda futbolimizning 110 yilligini katta bayram qilib o‘tkazamiz. Bu bayram doirasida halqaro o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilish hamda bu o‘yinni Qo‘qondagi “markaziy” stadionida katta bayram tadbiri qilib o‘tkazish borasida shahar xokimligi hamda O‘FA bilan birgalikda reja ishlab chiqamiz.

Mavsumning 2 davrasini o‘z maydonimizda o‘tkazish borasida harakatlarimiz davom etadi. Yaqin kunlarda “markaziy” stadion yoritgichlarini yangilash ishlari o‘z nihoyasiga etkazamiz. Biz bu ishni “Neftchi” bilan bo‘ladigan “derbi”ga qadar ulgurmadik, endi “Navbahor” bilan bo‘ladigan “derbi”ni o‘zimizning stadionimizda o‘tkazishimiz lozim, – dedi G. Ayrapetov.

Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev, jamoa boshlig‘i Shuhrat Mo‘minov hamda boshqalar so‘zga chiqib qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Jamoa matbuot va marketing bo‘limi boshlig‘i Akramjon Mamadaliev “markaziy” stadionda qilinishi lozim bo‘lgan bezatish va reklama masalalari hamda OAV xodimlariga qulayliklar yaratish borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Yoshlar jamoalari o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadigan 2-BO‘SMga qarashli stadiondagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, bu stadionga ham yoritgichlar o‘rnatib yosh futbolchilarga ob-havoning salqin vaqtida mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!