
O‘zbek futbolini tark etayotgan Samvel Babayan o‘zi bilan birga "Navbahor"ning sobiq ustozini ham olib ketmoqda
Samvel Babayan bugun "Lokomotiv"dagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. U Xitoyning "Changchun Yatay" klubi boshqaruvini qo‘lga oladi. Bu haqda Babayanning o‘zi ham "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Samvel Babayan shuningdek, o‘zi bilan birgan Xitoyga Deyan Jurjevich, Aleksandar Galich, Grigoriy Kolosovskiy hamda Anton Maeranovni ham olib ketayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Deyan Jurjevich bu mavsum bir muddat "Navbahor" bosh murabbiyi bo‘ldi. Biroq ishlari yurishmagach klubni tark etdi.
Fikrlar