
O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatardagi Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki yuir necha futbolchilarimiz uchun xorijiy chempionatlarga yo‘l ochib berdi.
Umuman olganda, turli yosh toifadagi terma jamoalarimizning qit’a va jahon chempionatlaridagi ko‘rsatkich va natijalari xorijiy klublar skautlarini o‘zbek futbolchilarini kuzatishiga asos bo‘layotgani sir emas.
O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari nafaqat Osiyo klublari, balki Evropaning “top-5” ligalariga ham o‘ta boshladi. Bunga oxirgi yarim yilda Abduqodir Husanov “Lans”ga, Muhammadali O‘rinboev “Brentford”ga o‘tgani va Diyor Holmatovga “Lechche” jiddiy qiziqish bildirayotgani va transferga tayyorgarlik ko‘rayotganini misol qilish mumkin.
Futbolchilarimiz uchun Rossiya chempionati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Premer-liga legioner uchun Evropaga yo‘l ochib berishi bilan ahamiyatli. So‘nggi yillarda bu musobaqada toblangan bir necha futbolchi top-ligalarga o‘tib ketdi.
O‘z davrida Moskvaning “Spartak” jamoasida to‘p tepgan Ja’far Irismetov rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari Rossiyaga borib o‘ynashga tayyorligini bildirdi.
— O‘zbek futbolchilariga Rossiya Premer-ligasiga o‘tish qiziqmi yoki cheklovlar tufayli bu liga e’tiborni jalb qilmayaptimi?
— Rossiya Premer-ligasi hamon futbolchilar e’tiborida. Albatta, futbolchilar orasida Janubiy Koreya yoki Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarga yo‘l olishni istayotganlar ham bor. Lekin Rossiya chempionat ham hamon dolzarb.
Agar Rossiya Premer-ligasidan chorlov bo‘lsa, yigitlar albatta boradi. Shuningdek, Rossiyada Abbosbek Fayzullaevning kuchayib ketgani ham bunga sabab bo‘ladi. Men bir necha legionerlar ketgani bilan Rossiya Professional ligasi kuchsizlanib qoladi, deb o‘ylamayman.
— Oston O‘runovning o‘sishini qanday izohlash mumkin? Yaqinda uning faoliyati yakunlanish darajasiga etib qolgandi...
— Oxirgi mavsumda u “Navbahor”da o‘zini ko‘rsata oldi. Lekin Osiyo kubogida mahoratini to‘liq namoyish qila oldi, deb aytolmayman. Yana pozitsiya masalasi ko‘tarildi, uni deyarli markaziy hujumchi qilib qo‘yishdi, bu pozitsiya umuman unga to‘g‘ri kelmaydi.
Qatar bilan o‘yinda O‘runov yaxshi o‘ynadi. Boshqa uchrashuvlarda ko‘zga tashlangani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida uchta jamoada besh nafar o‘zbek futbolchisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning ishlari besh. U hozirgi jamoasini faqatgina kuchli ligalarga o‘tganida tark etishi mumkin. “Rubin”dagi Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibga kirish uchun kurashni davom ettirmoqda.
“Nijniy Novgorod” jamoasi ikki legionerimizni boshqa jamoalarga o‘tkazib yubordi.yosh hujumchi Ruslan Jiyanov “Navbahor”ga, chap qanot himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Qayrat”ga ko‘chib o‘tdi.
“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi
Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...
Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi
Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!
Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?
Fikrlar