
Oybek Bozorov"Nasaf"dan ketadimi?
Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov keyingi manzili barcha uchun qiziq. U haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev quyidagicha izohladi.
"Oybek Bozorov katta ehtimol bilan "Nasaf"da qoladi. Futbolchida bir nechta variantlar bo‘lishiga qaramay, yangi kontraktni "Nasaf" bilan imzolash arafasida turibdi. Ro‘ziqul Berdiev uni olib qolish uchun maksimal darajada xarakat qilmoqda".
Ma’lumot uchun, Bozorovga "So‘g‘diyona" va OKMK jamolari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar