
O‘tkir Yusupov musht tushirgan "Paxtakor" muxlisiga intizomiy chora ko‘rildi
"Paxtakor" muxlisiga intizomiy chora ko‘rildi
Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" bellashuvida maydon chetidagi to‘pni tepib yuborgani sababli "Paxtakor" muxlisiga jazo berildi.
"Paxtakor" muxlislar klubi etakchisi Javohir Shokirov maydon chetida turgan to‘pni tepib yuborgani yuzasidan klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, ushbu muxlis "Paxtakor"ning Superligadagi ikki o‘yinida stadionga kiritilmaydi va 5 million so‘m miqdorida jarima to‘laydi.
"Ushbu jazo chorasi kelgusida bunday salbiy holatlar takrorlanmasligi uchun yordam beradi deb umid qilamiz, "Paxtakor" futbol klubi hamisha stadionda tartib saqlanishi tarafdori va bunday vaziyatlarda klub tomonidan birinchi navbatda chora ko‘rishga intiladi",-deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, aynan shu harakati uchun O‘tkir Yusupov va uning o‘rtasida janjal kelib chiqqan va "lochinlar" posboni muxlisga musht tushirgandi.
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati
Fikrlar