Otamendi ham “Manchester Siti”dan ketmoqchi

  • 30 mart, 2019, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti” himoyachisi Nikolas Otamendi yozgi transfer oynasi vaqtida “shaharliklar”ni tark etishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Tecno

Manba so‘zlariga ko‘ra, argentinalik himoyachi yozgi transfer oynasi vaqtida “shaharliklar”ni tark etmoqchi. Bunga sabab sifatida himoyachi “Manchester Siti”da etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani ko‘rsatilgan. Otamendi doimiy ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.

Ammo, Gvardiolaning navbatdagi rejalariga Otamendi o‘rin olmayotgani sababli, u faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. 31 yoshli himoyachi bu yil “Manchester Siti”da barcha musobaqalarda jami 28ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!