
Ot sporti. Vakillarimiz Rossiya va Belgiyada shohsupaga ko‘tarildi
Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umidjon Kamilov (“Karissina” laqabli otda) Rossiyada o‘tkazilgan “Maksima Park” kubogining final bosqichida qatnashib, 115 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Konkur faxriysi, xalqaro toifadagi sport ustasi Davrjon Ro‘zmuhammedov (“Mr.Emerald”) esa Belgiyada tashkil etilgan faxriylar o‘rtasidagi xalqaro turnirda uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 17-18-19 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Universal Jamping Agro” majmuasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi. Respublikamizning eng nomdor chavandozlari ishtirokidagi bahslar yakunida o‘z dasturida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Manba: MOQ
Fikrlar