
Ot sporti. Vakillarimiz Qozog‘istondagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Almati shahriga jo‘nab ketdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, hamyurtlarimiz ot yo‘rttirish yo‘nalishida 22-23 fevral kunlari “Almati kubogi” turniri doirasida o‘tadigan “Do‘stlik kubogi” musobaqasida ishtirok etishadi.
Ushbu musobaqa bir necha yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazilib, unda Markaziy Osiyoning mohir chavandozlari ot yo‘rttirish bo‘yicha bahs olib borishadi.
Fikrlar