
Ot sporti. Vakillarimiz Evrosiyo ligasida shohsupaga ko‘tarilishdi
Moskvadagi “Maxima Park” ot sporti klubida konkur bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Evrosiyo ligasi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz bir qator sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Chavandozlarimiz bahslar davomida quyidagi yo‘nalishlarda shohsupaga ko‘tarildi:
Oltin: Bekzod Qurbonov (“Derlivang”), 120-130 sm balandlikdagi to‘siq, Dilshod Shokirov, 2 fazali 110 sm;
Kumush: Bahromjon Gaziev (“Ledi”), 125 sm,
Bronza: Bekzod Qurbonov (“Donna Gloriana” ot laqabi), 2 fazali 100 sm.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar