
Ot sporti. Toshkentda xalqaro yig‘in bo‘lib o‘tmoqda
Poytaxtimizdagi “Universal horses stable” ot sporti klubida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlarda hamyurtlarimiz bilan bir qatorda konkur bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Belarus terma jamoalari ham ishtirok etishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yig‘inga O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev boshchilik qilyapti. Xorijiy jamoalar poytaxtimizga o‘z otlari bilan tashrif buyurgan. Mashg‘ulotlarda qatnashayotgan barcha terma jamoalarga, xususan, sportchilar va otlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qayd etish joiz, so‘nggi davrda mamlakatimiz sportchilari xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishib kelishmoqda, MDH va Markaziy Osiyo mintaqasida etakchilar qatoriga kirishdi. Tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar mashg‘ulotlar davomida o‘zaro tajriba almashib, oldinda turgan mas’uliyatli startga hozirlik ko‘rishmoqda.
Fikrlar