
Ot sporti. Rossiyadagi xalqaro musobaqada ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi
Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Emerald Stables Cup” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik chavandozlar yuqori natijalarni qayd etishdi. Xususan, hamyurtlarimiz turnir davomida 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal:
Bekzod Qurbonov (“Santo Hippica” laqabli otda), 130 sm to‘siq balandligi
Bronza medal:
Xurshidbek Alimjonov (“Champions League”), 130 sm
Xurshidbek Alimjonov (“Champions League”), 135 sm
Fikrlar