
Ot sporti. Polshadagi xalqaro musobaqada yana medallar qo‘lga kiritildi
Polshaning Leshno shahri ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. Turnirning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining sardori Bekzod Qurbonov oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Quvonarlisi, eng asosiy dastur – balandligi 150 smni tashkil etgan to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida ham yurtdoshimiz g‘alaba qozondi.
Gran-pri maqomini olgan mazkur dasturda joriy yil yuqori natijalar ko‘rsatib kelayotgan Nurjan Tuyakbaev “Lansellota” oti bilan eng yuqori natijani qayd etdi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, endi terma jamoamiz vakillari 15-18 dekabr kunlari Polshaning boshqa bir shahri Poznandagi 3*Longines musobaqasida o‘z omadini sinab ko‘rishadi.
Fikrlar