Ot sporti. Konkur yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazildi

  • 23 sentabr, 2024, 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

Dam olish kunlari “Universal Horses Stables” majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, ushbu turnir O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil etilganining 31-yilligiga bag‘ishlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqada Dilshodbek Mamadaliev (“Sweet and Sour” laqabli otda) 100 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Akbar Sharipov esa “Cachmaker” tulpori bilan 110 sm, “Affir” otida esa 120 sm balandlikdagi g‘ovlardan sakrash yo‘nalishida eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

Shuningdek, Milliy gvardiya qoshidagi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida ham ot yo‘rttirish dasturida kubok bahslari tashkil etildi. Uch kun davom etgan musobaqada Timur Panaev, Feruza Abdullaeva, Oksana Pavliva, Inna Tokmakova turli yo‘nalishlarda zafar quchishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!