
Ot sporti. Hamyurtlarimiz xalqar musobaqada oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi
Polshaning Leshno shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, unda qatnashgan hamyurtimiz Bekzod Qurbonov oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, konkur bo‘yicha bslarda O‘zbekiston terma jamoasi sardori balandligi 130 santimetrni tashkil etgan to‘siqlardan sakrash bahsida “Lady” laqabli otda eng yaxshi natijani qayd etdi. 140 sm balandlikda “Matts” tulporida ishtirok etgan Qurbonov uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mazkur dasturda u ikki otda o‘z omadini sinab ko‘rgan germaniyalik Filipp Shoberdan keyingi natijani ko‘rsatdi.
Fikrlar