
Ot sporti. Chavandozlarimiz Polshada mahorat ko‘rsatishdi
25-27 noyabr kunlari Polshaning Leshno shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz Bekzod Qurbonov va Alisher Erkinov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Qurbonov 1-kun doirasida 130 sm balandlikdan sakrash bellashuvlarida "Xonim" laqabli otda faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, u mazkur dksturda "Metts" laqabli otda ham o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi va unda 6-natijani ko‘rsatdi.
Alisher Erkinov esa 110 sm balandlikdan iborat to‘siqlardan sakrash bahslarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning uchinchi kunida ham yigitlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etib, muxlis va mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Musobaqaning Gran-pri yo‘nalishi hisoblangan 150 sm to‘siqlardan sakrash bahslarida Bekzod Qurbonov "Metts" otida 60 nafar ishtirokchi orasida 7-pog‘onani band etdi.
Bugundan konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Leshno shahridagi ot sporti klubida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlashdi.
Fikrlar