Ot sporti bo‘yicha mamlakat kubogi o‘yinlari o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Dam olish kunlari "“Universal Horses Stables" majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, ushbu turnir O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil etilganining 31-yilligiga bag‘ishlandi.

Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqada Dilshodbek Mamadaliev("Sweet and Sour" laqabli otda) 100 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Akbar Sharipov esa “Sachmaker” laqabli tulpori bilan 110 sm, "Affir" otida esa 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

Shuningdek, Milliy gvardiya qoshidagi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida ham ot yo‘rttirish dasturida kubok bahslari tashkil etildi. Uch kun davom etgan musobaqada Timur Panaev, Feruza Abdullaeva, Oksana Pavliva va Inna Tokmakova o‘z yo‘nalishlarida zafar quchishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!