Ot sporti. Bekzod Qurbonovdan ikkinchi oltin medal!

  • 10 sentabr, 2023, 23:52
  • Sinov3 Sinov3
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Slovakiyada o‘tayotgan konkur bo‘yicha "Šamorín - Danube Champions Tour IV 2023" turniridan yana bir xushxabar. Terma jamoamiz sardori Bekzod Qurbonov musobaqadagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Hamyurtimiz bu gal 135 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Bellashuvlar davomida unga “Santa Xipika” laqabli tulpor hamrohlik qildi.

Ushbu g‘alaba Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari oldidan chavandozlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur turnirdan so‘ng terma jamoamiz Xitoyga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!