Oston O‘runov Evropa jamoasi taklifini rad etdi!

  • 3 iyul, 2021, 06:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar mavsumida Oston O‘runov yana Rossiya matbuotida eng ko‘p tilga olinadigan, muhokama, munozara, tahlil va tanqid qilinadigan futbolchiga aylanadigan ko‘rinadi.

Tecno

Ma’lumki, “Spartak” o‘zbekistonlik yarim himoyachini asosiy tarkibga kiritmadi, uni transfer qilmoqchi bo‘lgan “Rubin” va “ Ufa”dan bu klublar ko‘tara olmaydigan darajada transfer summasini talab qildi, oxir-oqibat 20 yoshli legioner ikkinchi jamoada Rossiya Milliy futbol ligasida to‘p tepishi lozimligini uqtirdi. Oston mavsumga tayyorlanish uchun “Spartak-2”ga jo‘natildi.

vse-znajut-chto-on-na-4-5-le

Qiziq, bir yil muqaddam Rossiya premer-ligasining barcha etakchi klublari orzusiga aylangan va hatto, Germaniyaning “Gerta”si qiziqish bildirayotgani aytilgan iste’dodli yosh futbolchi oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan hech kimga kerak bo‘lmay qoldi.   

Rossiya matbuotining yozishicha, Oston O‘runovga yangi taklif tushdi. O‘zbek futbolchisini Vengriyaning eng qudratli klubi “Ferentsvarosh” avval ijaraga olib, keyin uning transfer huquqini to‘liq sotib olish taklifi bilan chiqqan.

Biroq, Oston O‘runov bu chorlovni rad etdi. Ta’kidlanishicha, hamyurtimizni Budapesht shahri sharafini himoya qilayotgan klub vakillari va’da qilgan maosh miqdori umuman qoniqtirmagan ekan.

Shu o‘rinda, “Ferentsvarosh” jamoasi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni ma’qul topdik. 1899 yili tashkil etilgan bu klub Evropada ancha mashhur. Budapeshtliklar 32 marta mamlakat chempionaligini qo‘lga kiritib, bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi. Kubok bahslarida ham 23 marta bosh sovringa ega chiqib, rekord o‘rnatgan.

Xullas, Ostonga Vengriyaning etakchi klubi bergan taklif yoqmadi. Bu tomondan “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedunning rafiqasi Zarema Salixova klubni sudga tortgan sobiq bosh direktor Shamil Gazizovning “yuzini” ochib tashlash uchun turli gap-so‘zlarni matbuotga olib chiqmoqda.  Jumladan, Zarema Shamil Gazizovga zarba berishda Oston O‘runov transferini ham tinch qo‘ymayapti.

a9721d318789de7ccd458d4048bbd26360a81a8967f7a548232460

Zarema  hamyurtimiz maosh masalasida “Ferentsvarosh”ga o‘tmaganidan keyin bu mavzuga ham o‘zining antiqa munosabatini bildirdi.

- Taxminimcha, bu futbolchi aslida qancha maosh olishini ham bilmaydi. Uning maoshini Shamil Gazizovning plastik kartasiga o‘tkazishsa kerak. Unga ko‘pi bilan o‘n foizi qoladi, qolganini “otasi” oladi. “O‘g‘il”ning qorni to‘q, usti but, mashinasi bor va “Spartak”da uni yaxshi boqishadi, “otasi” xabar olib turadi.

Lekin O‘runovni birinchi jamoaga qo‘shib bo‘lmaydi. Shamil Gazizov u orqali jamoaning taktik sxemalarini bilib olib, raqiblarga tarqatib yuborishi mumkin. Pul evaziga, albatta. Nega u 20-30 million evroga tortadigan salohiyatli futbolchini tashlab qo‘ydi? Uning karerasini rivojlantirishga harakat qilmayapti-ku, - dedi Zarema Salixova.

Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov “Spartak”ga yangi o‘tgan paytda jurnalistlar undan maoshi haqida so‘ragan edi. O‘shanda futbolchimiz pulni otasi olishi va o‘ziga etarli darajada mablag‘ qoldirishini aytgandi. Zarema Salixova esa bu gapdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, Shamildan alamini olishga harakat qilmoqda.

Wey17UKIFiY

Xullas, Oston O‘runov mavzusi hali beri tinadiganga o‘xshamaydi.

Bir nokautchi o‘ch olish uchun Bahodir Jalolovni “poylab” yuribdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
02/07/2021 21:26
Ҳуллас душманлар бир-бирини енгиш учун Остондан қурол сифатида фойдаланишиябди.
&
РСодик
03/07/2021 01:10
Газизов хам, Олихова хам урисмас, мусулмон миллатларидан, миллатчиликка ургу бериш яхшимас.
&
РСодик
03/07/2021 01:12
Солихова деб укилсин.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
02/07/2021 21:45
Ey ruslar naqadar jiekanch mavjudodsizlara
&
Abdushukurov O
02/07/2021 21:54
Остон ёшлик қилиб бекор ўтди "Спартак" га. Ундан кўра, "Уфа"да бир неча йил тобланиш керак эди, бола шошилди-да...Муҳими ўйин амалиёти эди, унинг ўсиши учун. Пауза зарарли таъсир қилиши мумкин унга.
Азамат Кутыбаев
03/07/2021 12:20
Ямон миллат бомайди ямон одамлар болади нимага унака фикирлайсиз нотогри фикир ,Остонга келсак даражаси РПЛ да ойнашга йетади но Спартакда емас фкУФАга того келди ,лекин Остон жисмоний тарафтан норм ойин амаляти кам Остонга омад !