Oston O‘runov bu safar ham etakchilikni saqlab qoldi. Masharipov, Yusupov va Hamrobekovda pasayish!

  • 9 dekabr, 12:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Transfermarkt" portali Eron Pro-ligasi o‘yinchilarining bozor narxlarini yangiladi. 

Tecno

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" klubi vingeri Oston O‘runov yana Liganing eng qimmat futbolchisi bo‘ldi. Uning narxi 2 million evroligicha qoldi. 

Tehronning boshqa jamoasi - "Istiqlol" safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipovning narxi esa 300 ming evroga pastladi va hozirda 1.2 million evroni tashkil qilmoqda. 

Rustam Ashurmatovning qiymati 100 ming evroga oshdi va umumiy 700 ming evro. 

"Traktor" safida o‘ynayotgan yarim himoyachimiz Odil Hamrobekovda pasayish. Uning narxi 200 ming evroga pastladi va hozirda 1 million evro.

"Fulad" posboni O‘tkir Yusupovning narxi esa 50 ming evroga pastladi va hozirda 500 ming evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!