
O‘smir va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 8-kunida ham o‘zbekistonlik bokschilar final yo‘llanmalariga ega chiqdi
BAAning Dubay shahrida o‘smir va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi bosqichga etib keldi. Musobaqaning 8 kunida yoshlar o‘rtasidagi yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bosqichda yana 5 nafar o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari final yo‘lida ringga ko‘tarildi va quyidagi natijalar qayd etildi.
- 86 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyorbek O‘ralov eronlik Saidpanox Aryanga qarshi jang qildi va g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasidagi -48 kg vaznda iste’dodli vakilamiz Farzona Fozilova qozog‘istonlik Gulnaz Bribaevga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan to‘qnashuvda katta ustunlikka erishgan yurtdoshimiz zafar quchgan holda, finalga yo‘l oldi.
-57 kgda Nigina O‘ktamova yana bir qozog‘istonlik Shahnoz Issaevaga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va final chiptasini naqd qildi.
Afsuski, -81 kg vaznda Sabohat Husanova hamda +81 kgdagi qizimiz Hadichabonu Ergashevaning har ikkisi qozog‘istonlik raqibalariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar