
Oskar: "Milanning 2 ta jamoasi bilan gaplashdim, Italiyada o‘ynashni xohlayman."
Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi legioneri Oskar Italiya klublaridan birida faoliyatini davom ettirish niyati borligini aytdi.
"So‘nggi xaftada Milanning ikkita klubi bilan gaplashdim, to‘liq ma’lumot bera olmayman, ammo kelajakni aytishim mumkin: Italiyada o‘ynashni xohlayman," - dedi Oskar.
27 yoshli futbolchi "San-Paulu" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik, "Internasonal" jamoasida o‘ynagan. 2012 yili "Chelsi" 32 mln evroga sotib oldi. 2017 yilning boshida Xitoy klubiga 60 mln evroga transfer qilingan.
"Shanxay SIPG" tarkibida 108 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol urgan va 57 marotaba assistentlik vazifasini bajargan.
Braziliyalik futbolchining Xitoy jamoasi bilan 2020 yil yakuniga qadar shartnomasi bor.
Manba:Passioneinter
Fikrlar