Osiyolik futbolchi to‘rtta chempionni tiz cho‘ktirdi

  • 6 dekabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya Premer-ligasining o‘tgan turida “Tottenxem” futbolchisi Son Xyon Min “Manchester Siti” darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu gol janubiy koreyalik to‘purarni Angliya Premer-ligasiga tarixiga olib kirdi. Son Xyon Min Angliyada chempion bo‘lgan to‘rtta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi futbolchiga aylandi.

31 yoshli futbolchi bungacha Angliya Premer-ligasi g‘oliblaridan “Liverpul”, “Chelsi” va “Lester” darvozalarini ishg‘ol qilgandi.

Son gol urgan paytda bu jamoalarning barchasi amaldagi chempion maqomida bo‘lgan.

Koreyalik futbolchi “Tottenxem”da 2015 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!