
Osiyo kubogi U-23 musobaqasida eng ko‘p muxlis kirgan bahs qaysi bo‘ldi? (Qiziqarli faktlar)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqada Saudiya Arabistoni finalda O‘zbekistonni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ushbu chempionat yakuniga etgach, OFK rasmiy sayti ayrim qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.
Unga ko‘ra, turnir doirasidagi 32 o‘yinda jami 81 ta gol urilgan. Bu har bir bahsga o‘rtacha 2,53 goldan to‘g‘ri keladi degani. Qayd etish lozim, chempion Saudiya Arabistoni jamoasi musobaqa tarixida birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay, zafar quchgan ilk jamoaga aylandi. Shuningdek, "yashil lochinlar" barcha 6 o‘yinni gol o‘tkazmasdan yakunladi.
Musobaqaga eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi final bahsi bo‘ldi. Unda 32 268 muxlis finalni bevosita stadiondan tomosha qilgan. Yana bir eng ko‘p tomoshabin yiqqan uchrashuv ochilish o‘yini bo‘lgani aytildi. O‘zbekiston - Turkmaniston o‘rtasidagi bahsni 28 670 nafar odam o‘yingohdan tomosha qilgan.
Fikrlar