
Osiyo Kubogi U-23. Iordaniya va Iroq o‘rtasidagi bahsda g‘olib aniqlanmadi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining dastlabki tur bahsida Iordaniya hamda Iroq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 57-daqiqada nominal mezbonlardan Abdul-Mutolib hisobni ochdi. 69-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Vaka Ramadan muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, jamoalar ilk turda bir ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi.
Fikrlar