Osiyo kubogi U-20. O‘zbekiston muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, pley-offga yo‘l oldi

  • 16 fevral, 18:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi davom etmoqda.

Tecno

Ikkinchi tur doirasida terma jamoamiz Indoneziya yoshlariga qarshi bahs olib bordi. 

Mazkur bellashuvda yoshlarimiz 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab, 21-daqiqada Muhammadali O‘rinboev jamomizni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikki daqiqadan so‘ng raqib futbolchisi Raven hisobni tenglashtirdi. Terma jamoamizning keyingi gollariga esa Abdug‘ofur Haydarov (47') va Saidumarxon Saidnurullaev (63') mualliflik qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!