Osiyo kubogi saralash. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joy olgan guruh bilan tanishing (foto)

  • 24 may, 2022, 11:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Sal avval 2023 yil Bahraynda bo‘lib o‘tadigan  U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "J" guruhidan joy oldi. 

Tecno

Ushbu guruhda hamyurtlarimizga Shri-Lanka, Bruney va Janubiy Koreya raqiblik qiladi.  Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz saralash bahslarini yurtimizda o‘tkazadi.

Dastlab, 5 oktyabr kuni  Bruney, 7 oktyabrda Janubiy Koreya hamda 9 oktyabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, saralashdan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 10 ta jamoa, eng yaxshi 5 ta 2-o‘rin sohiblari Osiyo kubogiga yo‘llanma oladi. Mezbon sifatida Bahrayn terma jamoasi 16-ishtirokchi sanaladi. Biroq ular saralashda qatnashayotgani bois birinchi yoki ikkinchi o‘rinni oladigan bo‘lsa, eng yaxshi 6 ta 2-o‘rin egasi qit’a birinchiligida ishtirok etadi. 

o‘o‘

shoo‘sh

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АС МИЛАН
24/05/2022 11:37
Жуда қулай рақиблар тушибди омад йигитларга