
Osiyo chempionatida 14 nafar bokschimizning barchasi yarim finalda!
Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirgan.
Kecha, 10 nafar bokschimiz chorak final jangini o‘tkazdi. Quvonarlisi, mazkur yosh charm qo‘lqop ustalarimizning barchasi raqiblarini mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov - Pavel Tokarev (Qozog‘iston) 5:0
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov - Salim Abbos (Iroq) 4:1
-40 kg: Farrux To‘laganov - Baddur Muhammad Ali (Suriya) 4:1
-43 kg: Umidillo Rasulov - Bind Rupesh (Hindiston) 4:1
-46 kg: Boburbek Bobojonov - Nixil (Hindiston) 3:2
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov - Sherpa Vangdi (Nepal) (Bokschimiz 2-raundda nokaut evaziga g‘alabaga erishdi)
-52 kg: Dalerjon Bozorov - Ashish (Hindiston) 5:0
-55 kg: Jahongir Narziev - Vadim Baurin (Qirg‘iziston) 5:0
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Aidos Mataev (Qozog‘iston) 5:0
-61 kg: Mirzob Nekboev - Abu Jihad Yaxyo (Iordaniya) (Bokschimiz 1-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi)
Xabaringiz bor, 4 avgust kungi baxslarda 4 nafar yurtdoshimiz ringga ko‘tarilib, yarim final yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan edi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar