Osiyo chempionati. Oriyat Obidjonov chempion yoxud o‘zbekistonlik shaxmatchilar reyting ballarini yaxshilab oldi
Tailandning Bangkok shahrida shaxmat buyicha 8-18 yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida 27-Osiyo chempionati start oldi. Musobaqa joriy yilning 20-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun turnirning rapid bahslari bo‘lib o‘tdi. Quvonarli jihati Obidjonov Oriyat 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempioniga aylandi. Ishtirokchilarning bugungi to‘plagan va yo‘qotgan FIDE reyting bali bilan quyida tanishishingiz mumkin.
O‘g‘il bolalar:
U-8
Erkinboev Sayfuddin -52
Hasanov Abdulaziz - 114
U-10
Nurmuhammad Ne’mutulloxonov +2.4
Mirzohid Muhiddinov +82.4
U-12
Oriyat Obidjonov +117.2
Jumanazarov Ibrohim -17.2
Shavkatov Lazizbek -12
Akramov Hasan +105.6
Akramov Husan +36.8
Abdurasulov Muzaffarjon +106.4
U14
Obidov Biloliddin -47.6
Mamatsaliev Shohjahon +76
Umaraliev Maqsudali 28.4
Abdulazizov Asilbek +117.6
U16
Rauf Kasimov +47.2
Shahrombek Karimov +80.4
Abdulazizov Asadbek 9.6
U18
Azizov Sudullo -24.8
Umarxon Faxriddinxo‘jaev +66
Maraimov Xudoyor -11.2
Qudratov Behruz +39.6
Qizlar U08
Mashrabboev Munisa -78.8
Abdulazizova Asmina +57.6
Qizlar U10
Asadova Madinabonu +12.4
Husniddinova Husnoraxon +19.6
Ne’matjonova Zarina -24.8
Bozorova Farzonabonu +5.2
Narzikulova Mehribonu +31.6
Qizlar U12
Begmurotova Sarvinoz +17.6
Komiljonova Lazizabonu +71.2
Mamarasulova Yasmina -70
Qizlar U14
Jumaeva Malika +94
Hikmatxonova Mohinur -13.6
Nurullaeva Dilnoza +52.4
Qizlar U16
Orzikulova Sarvinoz +98.8
Qizlar U18
Abdujabborova Vasila +76.4
Mazkur musobakada 32 mamlakatdan 700 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Ushbu chempionatda Uzbekiston sharafini ximoya qiluvchi asosiy tarkib ishtirokchilari 2025 yil yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan 8-18 yoshgacha Uzbekiston chempionatida standart yunalishida 2-o‘rinni egallagan shaxmatchilar hisoblanadi.
Turnir 6 ta yosh toifasi buyicha 12 ta guruhda, standart, rapid va blits yunalishlari bo‘yicha utkazilmoqda. Standart va blits yunalishlari 9 turda, rapid esa 7 turda tashkil etiladi. Barcha guruxdagi musobakalar shveytsarcha tizimda. Vakt nazorati standart 90 dakika + 30 soniya, rapid 15 dakika + 5 soniya, blits 3 dakika+ 2 soniya.
Musobakada 1,2,3-urinni egallagan ishtirokchilar shuningdek, belgilangan reyting talablarini bajargan shaxmatchilarga Xalkaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan xalkaro unvonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.
Ma’lumot uchun, ushbu chempionat 2024 yilda Kozog‘istonda o‘tkazilgan bo‘lib, unda Uzbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ushbu link orqali natijalar bilan tanishishingiz mumkin!
https://s3.chess-results.com/tnr1297111.aspx?lan=1&art=25&fedb=UZB&turdet=YES&flag=30&SNode=S0



Fikrlar