
Osiyo chempionati. Keunimjaeva delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni yozdirib qo‘ydi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Quvonarlisi, ayollar kurashi musobaqasida hamyurtimiz Aktenge Keunimjaeva barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi. Hamyurtimiz oltin medal yo‘lida qozog‘istonlik Ellada Maxyaddinova, hindistonlik Antim Antim, qirg‘izistonlik Ayjan Sabirbek qizi hamda mo‘g‘ulistonlik Hulan Batxuyagdan ustun keldi.
Shuningdek, ayollar kurashi musobaqasida yana bir hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi. Qit’a chempionatining 68 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Azoda Esbergenova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar